Mashina kecha-yu kunduz ishlaydi. Daromad — toʻxtamaydi.

Toshkentdagi taksi parki boshqaruv kompaniyasi. Mashinasi yoʻq haydovchilarga avtomobil beramiz, agregatorlarga ulaymiz va barcha nazoratni oʻz zimmamizga olamiz.

24 soat
mashina liniyada
2 format
ish formati
50% gacha
haydovchi ulushi

Holatingizni tanlang

Platformalar

Barcha platformalarga ulaymiz

  • Yandex Taxi
  • WB Taxi
  • Uklon
  • Yandex Taxi
  • WB Taxi
  • Uklon

Uch xil hamkorlik formati

Avtomobil va ish

Mashinasi yoʻq haydovchilar uchun. Avtomobil beramiz, barcha platformalarda rasmiylashtiramiz, daromadni 50/50 yoki 45/55 boʻlamiz — Toshkentda taksi ishi, mashinaga sarmoyasiz.

  • Garov 2 dan 3 mln gacha, boʻlib toʻlash mumkin
  • Smena 13 yoki 12 soat
  • Toʻlovlar muntazam

0,5%

komissiya

Agregatorlarga ulash

Oʻz mashinasi bor haydovchilar uchun. Yandex Taxi, WB Taxi va Uklonʼga toʻgʻridan-toʻgʻri ulaymiz — odatdagi 2–6% oʻrniga zakazdan 0,5% olamiz.

  • Komissiya 0,5% — bozordagi eng past
  • Agregatorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik
  • Qoʻllab-quvvatlash liniyasi: bloklash, toʻlovlar, akkaunt

Reklama va bonuslar

Hamkorlik dasturlari: avtomobillarni brendlash, platforma bonuslari va parkimiz uchun qoʻshimcha daromad.

  • Stikerlar va brendlash
  • Agregator bonuslari
  • Hamkorlik shartlari

Mashinasi yoʻq haydovchilarga

Ikki xil ish formati

Formatni shartnoma imzolashda tanlaysiz.

1-format

Hozir ishga tushiryapmiz

Butun muddatga oʻz mashinangiz

Mashina faqat sizga biriktiriladi. Boshqa hech kim unda ishlamaydi.

  • Smena 13 soat: 08:00 dan 21:00 gacha
  • Smena ichida dam olish — oʻzingiz hal qilasiz, 2 soatgacha
  • Daromad boʻlinishi: 50/50 yoki 45/55

2-format

Tez orada

Smenalar boʻyicha, kecha-yu kunduz

Mashina 24 soat ishlaydi, siz va sherigingiz filialda almashasiz.

  • Smena 12 soat: 10:00–22:00 yoki 22:00–10:00
  • Smena ichida dam olish — 2 soatgacha
  • Daromad boʻlinishi: 50/50 yoki 45/55

Qanday ishlaydi

  1. Toshkent koʻchasida rulda oʻtirgan haydovchi
    Generatsiya qilingan illyustratsiya · Toshkent

    Ariza

    Kun davomida qoʻngʻiroq, qisqa suhbat.

  2. Avtomobil panelidagi navigatorli telefon

    Hujjatlar va ulanish

    Platformalarda profil ochamiz.

  3. Filial oldida haydovchiga mashina kalitini topshirish

    Avtomobilni olish

    Dalolatnoma boʻyicha topshirish.

  4. Toshkentning kechki koʻchasida oq sedan

    Birinchi smena

    Liniyaga chiqasiz, daromad birinchi kundan.

Illyustratsiyalar: generatsiya qilingan kadrlar, park mashinalarining surati emas.

Ochiq nazorat

Mashina holatini qayd etamiz — hech kim begona shikast uchun javob bermasligi uchun. Na siz, na biz.

Berishda video

Mashinani berishdan oldin kameraga olamiz: kuzov, salon, probeg. Sizdan oldin nima boʻlgan boʻlsa — hammasi qayd etilgan.

Kuniga bir marta kruzhok

Smena tugashidan oldin Telegramʼga qisqa video tashlaysiz. Bir daqiqa vaqt — va bahsli holatlar boʻlmaydi.

Haftada 2 marta koʻrik

Belgilangan kunlarda filialga kelasiz. Holatni tekshiramiz, mayda nosozliklarni qimmatga tushmasidan oldin ushlaymiz.

Mashinasi yoʻq haydovchilarga

Sizdan nima kerak

Toʻgʻridan-toʻgʻri aytamiz, imzolashda kutilmagan holat boʻlmasligi uchun.

Talablar

  • Yoshi 22 dan katta
  • B toifa prava, kamida 2 yil oldin olingan
  • Stajni birinchi pravadan hisoblaymiz, almashtirilgandan emas

Ulashdagi xarajatlar

396 000 soʻm

yoʻlovchi tashish litsenziyasi

  • Samozanyatost ochish
  • Medosmotr

Hujjatlarni biz rasmiylashtiramiz, haydovchi toʻlaydi.

Ishdagi xarajatlar

  • Yoqilgʻi — benzin, gaz (metan, propan) yoki zaryadlash
  • Moyka

Texnik xizmat, taʼmirlash va sugʻurta — sizning zimmangizda emas.

Zalog

2—3 mln soʻm

mashina modeliga qarab

  • Ish tugagach 7 kun ichida qaytaramiz — agar mashinada muammo boʻlmasa va toʻlanmagan jarima boʻlmasa

Oʻz mashinangiz bor

Komissiya 0,5%. Qolgani — sizniki.

Yandex Taxi, WB Taxi va Uklonʼga toʻgʻridan-toʻgʻri ulaymiz. Zakazdan 0,5% olamiz — oddiy taksi parklardan 4–12 barobar kam. Demping qilayotganimiz uchun emas, boshqa narsadan daromad qilganimiz uchun.

Bu yerda zalog ham, smena ham, daromad boʻlishi ham yoʻq — faqat ulash va qoʻllab-quvvatlash. 50/50 boʻlinish faqat mashinani biz berganimizda amal qiladi.

0,5%

zakazdan komissiya

  • Oddiy taksi park2–6%
  • Fleet240,5%
  • Farqi sizda qoladi

Agregatorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik

Platformalar bilan vositachisiz ishlaymiz. Shuning uchun bunday past komissiyani ushlab tura olamiz va masalalarni tez hal qilamiz.

Qoʻllab-quvvatlash liniyasi

Akkaunt bloklandimi, toʻlov kelmadimi, bahsli zakaz yoki hujjat boʻyicha savolmi — bizga qoʻngʻiroq qiling, platforma bilan birga hal qilamiz.

Bir soatda ulash

Samozanyatost ochamiz, litsenziyada yordam beramiz, hamma platformada profil yaratamiz. Bir vaqtda hammasida ishlab, foydali zakazlarni tanlashingiz mumkin.

Istalgan viloyatdan ulash

Ofisga kelolmaysizmi — masofadan ulaymiz. Hujjatlar va profillarni onlayn rasmiylashtiramiz, Toshkentga kelish shart emas.

Mashinangiz bormi? Bir soatda ulaymiz.

Ulanish
Rulda haydovchi, oynadan Toshkent manzarasi
Investorlarga

Avtomobilingiz ishlaydi. Siz — yoʻq.

24 soat avtomobil sutkasiga liniyada
Har oy toʻlov va hisobot
0 tashvish barcha ishlar bizda

Siz avtomobilni topshirasiz — biz haydovchilar, smenalar, nazorat va xizmat koʻrsatishni tashkil etishni oʻz zimmamizga olamiz. Har oy toʻlov va hisobot olasiz. Bu — operatsion yuksiz taksiga investitsiya.

Biz oʻz zimmamizga olamiz

  • Haydovchilarni tanlash va nazorat
  • Smenalarni qayd etib qabul-topshirish
  • Platformalar bilan ishlash
  • Oylik hisobot

Investor uchun shartlar

  • 6 oyga shartnoma, muddati avtomatik uzayadi
  • Sizning ulushingiz — platforma komissiyasi chegirilgandan keyin tushumning 35%
  • Mashina Soliq orqali ijaraga rasmiylashtiriladi, hammasi rasmiy
  • KASKO sugʻurtasi «taksi» belgisi bilan, texnik xizmat va taʼmirlash — mulkdor hisobidan

Avtomobilingiz daromadini hisoblab koʻrmoqchimisiz?

Bogʻlanish

Savol va javoblar

Koʻp beriladigan savollar

Javob boʻlmasa — qoʻngʻiroq qiling, holatingizni koʻrib chiqamiz.

+998 33 730 30 33

Mashinangiz boʻlmasa

Haydovchiga qanday hujjatlar kerak?

Pasport, 2 yildan ortiq stajli B toifa prava, sudlanmaganlik haqida spravka. Yoshi — 22 dan katta. Samozanyatost, litsenziya va medosmotrni birga rasmiylashtiramiz.

Rasmiylashtirish qancha turadi?

Yoʻlovchi tashish litsenziyasi — 396 000 soʻm, ustiga samozanyatost va medosmotr. Bu xarajatlarni haydovchi toʻlaydi. Qolgani — hujjatlar, platformalarga ulash, mashina sugʻurtasi — biz hisobimizdan.

Zalog kerakmi?

Ha, mashina modeliga qarab 2 mln dan 3 mln soʻmgacha. Kamida yarmi imzolashda, qolgani daromaddan boʻlib ushlab qolinadi. Ish tugagach 7 kun ichida qaytaramiz — agar mashinada muammo va toʻlanmagan jarima boʻlmasa.

Toʻlovlar qanday amalga oshiriladi?

Smenalardan tushgan daromad 50/50 yoki 45/55 boʻlinadi — formatni shartnoma imzolashda tanlaysiz. Toʻlovlar muntazam, har bir smena boʻyicha batafsil.

Yoqilgʻi va moyka uchun kim toʻlaydi?

Yoqilgʻi (benzin, gaz, zaryadlash) va moyka — haydovchi hisobidan. Texnik xizmat, taʼmirlash va sugʻurta — biz hisobimizdan.

Mashina buzilsa nima boʻladi?

Bizga xabar berasiz — mashinani servisga olib boramiz. Taʼmirlash davrida parkdan almashtirish mashinasi beriladi.

Smena haydovchilar orasida qanday topshiriladi?

Filialda, qayd etilgan holda: probeg, yoqilgʻi, kuzov va salon holati. Maʼlumotlarni xodimimiz kiritadi.

Shartnomani qanday bekor qilaman?

Mashinani qaytarishdan kamida 3 kun oldin bizni ogohlantiring. Kechroq ogohlantirilsa — zalogdan 500 000 soʻm ushlab qolinadi.

Mashinangiz boʻlsa

Mashinam bor. Ulash qancha turadi?

Zakazdan 0,5% komissiya — bozordagi eng past, oddiy parklar 2–6% oladi. Ulashning oʻzi bepul, bir soatda rasmiylashtiramiz.

Qoʻllab-quvvatlash liniyasi nima beradi?

Akkaunt bloklansa, toʻlov kelmasa yoki bahsli zakaz chiqsa — platformaning chatiga emas, bizga qoʻngʻiroq qilasiz. Biz agregatorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaymiz va tezroq hal qilamiz.

Bir nechta platformada bir vaqtda ishlash mumkinmi?

Ha. Mavjud hammasiga ulaymiz, qaysi zakazni olishni oʻzingiz tanlaysiz. Bu bitta platformada ishlashga qaraganda daromadni sezilarli oshiradi.

Ariza qoldiring — bugun qoʻngʻiroq qilamiz.

+998 33 730 30 33 avtoport.uz@gmail.com Toshkent, Yakkasaroy tumani, Abdulla Avloniy koʻchasi, 64a
Ariza

Ismingizni yozing

Telefonni +998 (__) ___-__-__ koʻrinishida kiriting

Yoʻnalish

Yuborish orqali biz siz bilan ariza boʻyicha bogʻlanishimizga rozilik bildirasiz.